Madaniyat va san’at xodimlari kuni tantana qilindi








O‘zbekiston tumanida 15 aprel - “ O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va san’at xodimlari kuni” munosib nishonlandi.
Tuman markaziy madaniyat uyida bo‘lib o‘tgan bayram tadbirida tuman hokimligi, maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi, Ma’naviyat va ma’rifat markazi bo‘linmasi hamda boshqa davlat va jamoat tashkilotlari, yoshlar vakillari, san’at ixlosmandlari, soha faollari va faxriylar ishtirok etdi.
Soha fidoiylariga tuman hokimining tabrigi yetkazildi. Yurtimizda milliy madaniyatni yanada rivojlantirish, moddiy va nomoddiy madaniy meros durdonalarini asrab-avaylash va targ‘ib etish, xalq og‘zaki ijodiyoti va havaskorlik san’atini yanada ommalashtirish, yoshlarni madaniyat va san’atga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishga alohida e’tibor qaratilayotganligi ta’kidlanib, ana shu islohotlar tumanda ham keng tadbiq etilayotganligiga to‘xtalindi.
Bayramda sohaning ilg‘or xodimlari va faxriylariga tuman hokimligining tashakkurnoma va esdalik sovg‘alar topshirildi.
Tantanali tadbirda san’at ustalari va yosh ijrochilarning konsert dasturi namoyish etildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz


Farg‘ona shahrida mahalla raislari saylovi boshlandi


Farg‘onada tadbirkorlar murojaatlariga amaliy yechimlar topilmoqda

Farg‘onada vodiyda yagona bo‘lgan zamonaviy mebel markazi ish boshladi

“Kitobim – oftobim”: Fargʻonada kitobga mehr tadbiri o‘tkazildi