Farg‘ona shahar hokimi, hududdagi ishlab chiqarish hajmlari o’sib borayotgan va sanoat ishlab chiqarish hajmlarini kamaytirayotgan korxonalarning faoliyatini o‘rganishda davom etmoqda.








Dastlab, “Centrl Asia Motors” MCHJ korxonasi faoliyati bilan tanishildi.
Korxona rahbariyati ishlab chiqarish jarayonlari joriy yilning dekabr oyidan boshlanishi, korhonada gibrid motorli yengil, yuk va yo‘lovchi avtobuslar ishlab chiqarish rejalashtirilayotganini ma’lum qildi.
Shuningdek “Daler Boylers” MCHJ faoliyati bilan tanishildi. Korxona rahbari hozirda korxonada ishlab chiqarilayotgan “Daler” nomli aristonlar ichki bozorda 1500-2000 donagacha sotilayotgani, kelgusida qo‘shni davlatlarga ham eksport qilish ishlari rejalashtirilayotganini ma’lum qildi.
Shuningdek, sanoat ishlab chiqarish hajmlarini kamaytirayotgan “Fer antep gilam” MCHJ va “Dolina master mebel” MCHJ lar faoliyati bilan ham tanishdi.
Korxonalar rahbarlari bilan korxonalarning ishlab chiqarish hajmlari kamayishi sabablari muhokama qilindi, ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish, sanoatni rivojlantirish va iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, muammolarni zudlik bilan hal etishga alohida e’tibor qaratildi.
Korxonalar tomonidan ishlab chiqarish bo‘yicha yangi imkoniyatlarni yaratish uchun zarur qo‘llab-quvvatlash choralari amalga oshirilishi ta'kidlandi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz


“ЯНГИ ЎЗБЕКИСТОН ТАЯНЧИ, СИЗ АЗИЗ УСТОЗЛАР!”


Yuksak e’tirof va mukofot muborak bo‘lsin!