Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami

50 %

Shrift o‘lchami

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

602025-12-17 17:45

Fargʻona shahri hamda Gvangyan taʼlim boshqarmasi o’rtasida hamkorlik munosabatlari mustahkamlanmoqda

http://api3.fergana.uz/files/150100/news/file-2110340769620045.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150100/news/file-2110340769623630.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150100/news/file-2110340769624825.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150100/news/file-2110340769626020.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150100/news/file-2110340769627215.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150100/news/file-2110340769628410.jpg

Koreya Respublikasi Janubiy Jeollanam-do viloyati Gvangyan taʼlim boshqarmasi hamda Fargʻona shahri o‘rtasida taʼlim va madaniyat sohalarida aloqalarni rivojlantirishga qaratilgan o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.

Shu munosabat bilan o’tgan tadbirda Farg‘ona shahar hokimligi, Koreya Respublikasidan tashrif buyurgan delegatsiya a’zolari, o‘qituvchi va o‘quvchilar, shuningdek, kutubxona xodimlari ishtirok etdilar.

Tadbir doirasida Farg‘ona viloyati axborot-kutubxona markazining xorijiy o‘quv zalida tashkil etilgan “Koreys tili kutubxonasi” burchagining tantanali ochilish marosimi ham bo‘lib o‘tdi. Gvangyan taʼlim boshqarmasi tomonidan kutubxona burchagiga 1 000 dona koreys tilidagi adabiy-badiiy va taʼlimga oid kitoblar sovg‘a qilindi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz