Shahar hokimi “Farg‘ona” mahallasida yoshlar o‘quv markazi qurilishi bilan tanishdi



Shahar hokimi “Farg‘ona” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, mahalla tashabbusi bilan barpo etilayotgan yoshlar o‘quv markazi loyihasi hamda unda olib borilayotgan qurilish ishlari bilan tanishdi.
Tashrif davomida yangi markaz yoshlarning bilim va ko‘nikmalarini oshirish, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga xizmat qilishi ta’kidlandi. Mazkur maskanda turli o‘quv kurslari, kasbga o‘qitish dasturlari va yoshlarning qiziqishlariga mos mashg‘ulotlarni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgani qayd etildi.
Shuningdek, shahar hokimi mahallaning faol yoshlari bilan samimiy suhbat qurib, ularning taklif va tashabbuslarini tingladi. Yoshlarning ta’lim olishi, o‘z ustida ishlashi va jamiyat hayotida faol ishtirok etishi muhim ekani alohida ta’kidlandi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz


“Sog‘lom hayot uchun 5000 qadam”

Farg‘ona shahrida “Sobir buloq” MFY yangi binosi qurilishi bilan tanishildi
“E-AUKSION” — OCHIQ VA SHAFFOF SAVDO TIZIMI: FARG‘ONA VILOYATI MISOLIDA






