Farg‘ona shahrida aholining muammolarini hal etish bo‘yicha navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.








🔹Prezident topshirig‘iga muvofiq, aholining dolzarb muammolarini joyida hal etish maqsadida Farg‘ona shahar hokimi boshchiligida navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi.
🔹Bu galgi qabul "Tinchlik", "Boʻston", "Yangi-soy" va "Shakarqishloq" mahalla fuqarolar yig’ini hududida istiqomat qiluvchi fuqarolarning murojaatlari koʻrib chiqildi. Unda uy-joy, moddiy yordam, davolanish uchun moddiy yordam, hususiylashtirish, ekinlarni sug’orish va aliment masalalari bo‘yicha jami 40 ga yaqin murojaat tinglandi.
🔹Murojaatlarning bir qismi shu joyning o‘zida hal etilib, qolganlari bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga aniq vazifalar belgilab berildi.
🔹Qabul yakunida shahar hokimi murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarni joyida o‘rganib chiqdi va ularning yechimi bo‘yicha mutasaddilarga aniq topshiriqlar berdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz



