Farg‘ona shahrida aholining muammolarini hal etish bo‘yicha navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.








🔹 Prezident topshirig‘iga muvofiq, aholining dolzarb muammolarini joyida hal etish maqsadida Farg‘ona shahar hokimi boshchiligida navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi.
🔹Bu galgi qabul "A.Jomiy", "Mirzo Ulug’bek" va "Al-Xorazmiy" mahalla fuqarolar yig’ini hududida istiqomat qiluvchi fuqarolar va shaharda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarning murojaatlari koʻrib chiqildi. Unda uy-joy, moddiy yordam, davolanish uchun moddiy yordam va kadastr masalalari bo‘yicha jami 30 ga yaqin murojaat va investorlarni jalp etish bo’yicha tadbirkorlar murojaatlari tinglandi.
🔹Murojaatlarning bir qismi shu joyning o‘zida hal etilib, qolganlari bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga aniq vazifalar belgilab berildi.
🔹Qabul yakunida shahar hokimi murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarni joyida o‘rganib chiqdi va ularning yechimi bo‘yicha mutasaddilarga aniq topshiriqlar berdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz



