Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami

50 %

Shrift o‘lchami

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

1032026-03-12 22:44

Yoshlar bandligini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

http://api3.fergana.uz/files/150100/news/file-2119138310198430.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150100/news/file-2119138310204405.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150100/news/file-2119138310207990.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150100/news/file-2119138310209185.jpg

“Yoshlar kuni” munosabati bilan shahar hokimligida ishsiz va otaliqqa olingan yoshlar bilan ishlash bo‘yicha biriktirilgan rahbarlar tomonidan hafta davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi.

Ma’lumki, o‘tgan hafta “Yoshlar kuni” munosabati bilan ishsiz yoshlarning bandligini ta’minlash maqsadida yoshlar bilan sayyor qabul tashkil etilgan edi. Mazkur qabul davomida tegishli mas’ullarga ishsiz yoshlarni bo‘sh ish o‘rinlari bilan ta’minlash, ularni kasb-hunarga o‘qitish hamda tadbirkorlik faoliyatini boshlashi uchun imtiyozli kreditlar ajratish bo‘yicha aniq topshiriqlar berilgan.

Yig‘ilish davomida shahar hokimi yoshlar bilan o‘tkazilgan uchrashuvda murojaat qilgan yoshlarning muammolarini mas’ullar bilan birma-bir muhokama qildi. Har bir murojaat yuzasidan amalga oshirilgan ishlar ko‘rib chiqilib, ularning natijalari so‘raldi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz